16:06 Surxondaryoda Damas 83 yoshli piyodani urib yubordi | |
Qayd etilishicha, voqea Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 83 yoshli piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. “Yo‘q edi, chopib keldi, mashinani chetga olib qochsam ham “bokovoyim” tegdi”, deydi haydovchi. Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati rahbari Elnur Abrayevning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining mast holatda avtomobil katta tezlikda boshqargani, piyoda esa yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgani sabab yuzaga kelgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|