18:08 Yetti yoshli qiz zerikkanidan kvartirasini yoqib yubordi | |
Hodisa Dnestryanining Bender shahrida sodir bo‘lgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u zerikkanidan qog‘oz, o‘yinchoqlar va boshqa narsalarni yoqib yuborgan. Oqibatda olov kvartira bo‘ylab tarqagan. Yong‘in boshlangan vaqtda qizning onasi tutun hididan uyg‘onib, yong‘inni o‘chirishga uringan, ammo alanga kuchaygani tufayli o‘chira olmagan. Yong‘indan keyin tushirilgan videoda kvartira butunlay yonib ketganini ko‘rish mumkin. Buyumlar va mebellarni olov o‘z domiga olgan va barchasi kulga aylangan. Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagiga ham tarqalgan. Hodisada olti kishi jarohat olgan, ulardan biri reanimatsiyada.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|