15:16 Toshkentda IIB xodimi qasddan oʻldirilib, Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi | |
Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim oʻzaro kelishmovchilik natijasida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan oʻldirildi. Hodisa 2022-yil 29-sentyabr kuni sodir boʻlgan va jabrlanuvchining jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan. Qidiruv harakatlari natijasida marhumning murdasi daryodan topilgan. Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, gumonlanuvchilar protsessual tartibda qoʻlga olingan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|