09:39 Angrenda IIB xodimi quroli bilan o‘zini o‘ldirdi: IIV bayonot berdi | |
27-iyun soat taxminan 13.00larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi safdor, 1987-yilda tug‘ilgan Bekzod Bobomirzayev Angren shahar IIBning 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan «PM» tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan. Natijada safdor B.Bobomirzayev olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. O‘z joniga qasd qilish Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda. Holat Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingani aytilgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|