16:26 O‘zini tomdan tashlagan 18 yoshli qizning yonidan xat chiqqan | |
Mudhish holat joriy yilning 1 iyun kuni soat 12:30 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanining “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda sodir bo‘lgan. Shu atrofda savdo qilayotgan ayol voqeaga guvoh bo‘lgan. Uning aytishicha, marhuma o‘zini tashlashidan oldin ushbu uylar atrofiga bir necha marotaba kelib ketgan. “Soat 12:00 larda bu qiz kelib, dom tomonga ketdi. Domimiz besh qo‘ldek ko‘rinib turadi. Qarab o‘tirgan edim: o‘rangani uchun tepadan katta bir qush kabi tez tushdi. Yerga tarsillab tushganidan keyin bu odam ekanini bildim”, deydi guvoh. Shuningdek, marhumaning cho‘ntagida pullari va xati bo‘lgan. “Xatini olib ketishdi. Xatida “o‘zim uchun o‘zim javob beraman”, degan sarlavhalari bor ekan. Shuningdek, “ukamni yaxshi ko‘raman”, degan yozuvlar ham bor edi”, deydi voqeaga guvoh bo‘lgan ayol. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|