17:41 Toshkentda oila istirohat bog‘idan uchib chiqqan oqqushni ushlab, so‘yib yedi | |
Maʼlum qilinishicha, Central Park bog‘idagi oqqush to‘siqdan oshib, katta yo‘lga chiqib ketgan. Uni fuqaro N. ushlab olib ketgan. Fuqaro mashina raqamlari orqali topilgan. Ammo o‘rganish yakunida oila qushni yeb yuborgani, uni fuqaroning 13 yoshli o‘g‘li so‘ygani maʼlum bo‘lgan. 6 avgust kuni jonivorlarni himoya qilish jamiyati, park xodimi va Mirzo Ulug‘bek tumani profilaktika inspektori fuqaro N va uning 13 yoshli o‘g‘li bilan uchrashgan. O‘smirning otasi ular oqqushni g‘oz deb o‘ylaganini, ovqat berishganiga yemaganini aytgan. Shuningdek, u Qashqadaryoda o‘g‘illari ovqat uchun parrandalarni o‘zi so‘yishini qo‘shimcha qilgan. Fuqaro N.ga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan BHMning 2 baravari miqdorida jarima solingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|