11:39 Toshkentda yangi ekspress avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi | |
Toshkent traktor zavodidan “Mashinasozlar” metrosigacha ekspress avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. TTZ – “Mashinasozlar” metrosi yo‘nalishidagi yangi ekspress avtobus bugun, 23 noyabrdan harakatlanishni boshladi. Ushbu yo‘nalishdagi avtobus faqat 4 ta – “TTZ bozori”, “Buyuk Ipak yo‘li” metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, “Ashxobod” bog‘i bekatlarida to‘xtaydi va “Mashinasozlar” metrosigacha harakatlanadi. Qayd etilishicha, yo‘l haqi 2500 so‘mni tashkil etib, yo‘lovchilarga 5 ta “Mercedes-Benz 5” avtobusi xizmat ko‘rsatadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|