18:59 Toshkentda poyga uyushtirgan avtobus egalari haydovchilik huquqidan mahrum qilindi | |
Avvalroq, 4 dekabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida 72 va 148 sonli avtobus yo‘nalishlari haydovchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, “Toshshahartransxizmat” mazkur haydovchilar bilan avtosaroy o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnoma bekor qilingani haqida xabar berdi. Kecha, 11 dekabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Ma’muriy sudi tomonidan mazkur holat ko‘rib chiqildi. Ma’muriy sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik Kodeksining 128 va 134 – moddalarida nazarda tutilgan xuquqbuzarliklarni sodir etganliklari uchun har ikki haydovchiga nisbatan transport vositasini boshqarish xuquqidan bir yil muddatga mahrum etish jazosi tayinlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|