15:00 Toshkentda odamlarni kaltaklab, “prank” uyushtirgan Insta-blogerlar qamaldi | |
Insta-blogerlarning hurmacha qilig‘ini Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi eʼtiborsiz qoldirmadi. IIBBning maʼlum qilishicha, kecha, 28 sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan va unda “prank” qilgan ikki bloger sud qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining qarori bilan blogerlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik) bo‘yicha ularga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|