18:30 Toshkentda elektr energiyasini o‘chirish jadvallari e’lon qilindi | |
Toshkentda elektr energiyasini o‘chirish jadvallari e’lon qilindi Toshkent shahrida elektr energiyasi bilan ta’minlovchi past kuchlanishli 6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlariga kiritiladigan cheklash jadvali e’lon qilindi. Bu haqda Hududiy elektr energiya tarmoqlarining Toshkent shahri filiali ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, elektr energiyasi favqulodda holatlarda tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda o‘chiriladi. Qayd etilishicha, ushbu cheklov grafigi faqat favqulodda vaziyatlarda, ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida avariya holatlarini oldini olish, iste’mol ortib ketgandagina amal qiladi. Tarmoqlar, podstansiyalarda avariyalar, avariyalarni tiklash, rejaviy ta’mirlash ishlari olib borilganda hamda energotizimda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ushbu cheklov jadvallarida ko‘rsatilgan soatlardagi tarmoqlardan tashqari, qo‘shimcha tarmoqlar o‘chiriladi va bu haqda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar beriladi.
Manba: "Qalampir.uz"
| |
|