10:38 Turkiya politsiyasi Istanbulda bomba tashlagan shaxsni qo‘lga oldi | |
Turkiya politsiyasi yakshanba kuni Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi Istiqlol ko‘chasida bomba portlatgani taxmin qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. ”Beyo‘g‘luda bomba qoldirgan shaxs Istanbul xavfsizlik boshqarmasi tomonidan qo‘lga olindi. U so‘roq qilinmoqda”, - dedi u. Bundan tashqari Soylu terror hujumi izlari Suriyaga olib borilayotgani va Anqara tomonidan terrorchi deb tan olingan guruhlarning bunga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar borligini aytdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga aloqador bo‘lgan 20 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. “Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, hujumni amalga oshirish buyrug‘i Kobanidan, hujumchi esa Afrindan kelgan”, — dedi vazir. Kobani va Afrin Suriya shimolidagi Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) va Suriya kurdlarining mudofaa kuchlari (HXP) faoliyati bilan mashhur boʻlgan va respublikada taqiqlangan shaharlardir. Vazirning ta’kidlashicha, portlashdadi topilmalar PKK/HXPga ishora qilmoqda. Ma’lumot uchun, Yakshanba kuni Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi “Istiqlol ko‘chasi” piyodalar ko‘chasida mahalliy vaqt bilan taxminan 16:20 da kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|