18:04 DXX Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga oldi | |
Aniqlanishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari internet orqali Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan, jihodga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgan. Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar olingan. Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olingan. Xabarda aytilishicha, hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Avvalroq Samarqandda ikki fuqaroning jihod qilish maqsadida Suriyaga chiqib ketishining oldi olinib, Surxondaryoda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar ushlangandi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|