13:02 Interpol odam savdosi bilan shug‘ullungan o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga oldi | |
O‘zbekiston va Malayziya Interpol xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol qo‘lga olinib, ekstradisiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi ma’lum qilgan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan va o‘zgartirilgan shaxsiy ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi (ayol) Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstradisiya qilindi. Qayd etilishicha, Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan qo‘shma harakatlar va tezkor axborot ta’minoti, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita ko‘magida jinoyatchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish imkonini bergan. “Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstradisiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida jinoyatchi munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib ketildi”, – deyiladi xabarda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|