15:05 DXX Zangiota tumani hokimligi xodimini qo‘lga oldi | |
Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida o‘qishlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, so‘ngra ularning o‘qishlarini poytaxt oliygohlaridan biri 2-bosqichiga ko‘chirib berish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Xorijiy davlatlardagi OTMga o‘qishga kirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahridagi MCHJ rahbari Qozog‘iston fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaro ishonchiga kirib, ularning Qozog‘istondagi oliygohlardan biri 1-bosqichini tamomlagani haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln so‘mdan pul talab qilgan. U MCHJ hisob raqamiga umumiy 9 mln so‘m, Qozog‘iston fuqarosi nomiga 1900 AQSH dollari o‘tkazilgani to‘g‘risida 4 dona kvitansiyani qabul qilib olgan vaqtida, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamenti shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi. Maʼlum bo‘lishicha, u Qozog‘iston oliygohlaridan biri 2-bosqichini tamomlagani haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitet 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishini vaʼda qilgan. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "kun.uz"
| |
|