Главная » 2022 » Август » 22 » Chirchiq daryosiga rangli oqovalar tashlanayotgani aniqlandi
10:59

Chirchiq daryosiga rangli oqovalar tashlanayotgani aniqlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Chirchiq daryosiga rangli oqovalar tashlanayotgani haqida murojaat e’lon qilindi. Holat yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi, Toshkent shahri va viloyatining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, tezkor tartibda o‘rganilgan.

O‘rganishlar davomida haqiqatdan ham Chirchiq daryosining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Chingeldi MFY hududidan o‘tuvchi qismiga rangli eritmalar bilan ifloslangan oqovalar tashlanayotganligi aniqlandi.

Ushbu oqovalarning hosil bo‘lish manbayi “Toshkent suv ta’minoti” MCHJga qarashli Toshkent viloyati Baytqo‘rg‘on MFY hududida joylashgan “Chirchiq oqova tozalash inshooti” ekanligi ma’lum qilingan. Holat bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasining atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining mutaxassislari jalb etilgan. Suv tahlillari uchun Chirchiq oqova tozalash inshootining Chirchiq daryosiga chiqaruvchi oqova suvlari tashlama nuqtasidan, oqovalarning daryoga qo‘shilish va 500 m quyi nuqtalaridan suv namunalari olinib, tahlillar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Chirchiq oqova tozalash inshootining holati, texnologik jarayonlari o‘rganilganda tozalash samaradorligi 40-50 foizga pasayib ketganligi tasdiqlandi.

Ishchi guruh tomonidan Chirchiq oqova tozalash inshootiga me’yordan ortiqcha ifloslangan turli rangli eritmalar tashlaydigan 10 ta yirik korxonalar, shu jumladan, 6 ta tarkibida bo‘yoq syexlari bo‘lgan to‘qimachilik korxonalar ro‘yxati shakllantirilgan. Chirchiq shahri hamda Bo‘stonliq tumanidagi tarkibida bo‘yoq syexlari bo‘lgan yirik to‘qimachilik korxonalarining oqova tozalash inshootlarini o‘rganish maqsadida ekologik nazorat tadbirlari tashkil qilinmoqda. Buning uchun belgilangan tartibda “Biznes Ombudsman”ga buyurtmalar kiritiladi.

Qayd etish mumkin, mazkur tozalash inshooti 1975 yilda qurilgan bo‘lib, tozalash texnologiyasi va qurilmalar eskirgan. Toshkent viloyatidagi tozalash inshootlari tizimlarini 2023-2026 yillarda qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan va hukumatning alohida qarori qabul qilinib, loyihaning texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tashlanayotgani, oqovalar, daryosiga, rangli, aniqlandi, Chirchiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz