22:06 Toshkentda ayol o‘zini 4-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi | |
Kecha, 3 noyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanida 39 yoshli ayol 4-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda “Bu kun” axborot dasturi lavhasida xabar qilindi. Hodisa soat 22:30 lar atrofida yuz bergan. Sergeli-4 dahasida ko‘p qavatli uyning 2-qavatida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan G.S., ishdan qaytib, uyiga kirmasdan 4-qavatga chiqqan va derazadan o‘zini pastga tashlagan. Sergeli tumani prokurori o‘rinbosari Jaloliddin Xudoyqulovning ta’kidlashicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni tekshirish yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi
Manba: "qalampir.uz"
| |
|