16:52 Toshkentda erkak kishini shaxsiy video bilan «shantaj» qilgan ayol qo‘lga olindi | |
Sergeli tumani ichki ishlar organlariga 31 yoshli Saydilla A. murojaat qilib, undan tovlamachilik yo‘li bilan 300.000 so‘m olmoqchi bo‘lgan 36 yoshli E’zoza G.ga nisbatan chora ko‘rishni so'ragan. Qayd etilishicha, ayol shaxsiy xarakterga ega videoni tarqatish bilan qo‘rqitgan. 14 sentyabr kuni soat 17.30 da E’zoza pul olish vaqtida jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|