Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Toshkentda shahvoniy xizmat ko‘rsatuvchi yirik uyushgan guruh qo‘lga olindi
18:23

Toshkentda shahvoniy xizmat ko‘rsatuvchi yirik uyushgan guruh qo‘lga olindi


Joriy yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilinuvchi xodimlar tomonidan, Toshkent shahrida, chet el va respublika fuqarolariga shahvoniy xizmat ko‘rsatuvchi uyushgan jinoiy guruhlarni aniqlab, ularning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, 32 yoshli “Hulkar” ismli shaxs, bir necha yillardan buyon noqonuniy moddiy daromad topish maqsadida fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish faoliyati bilan shug‘ullanib, uyushgan jinoiy guruhga o‘zi rahnamolik qilib, Toshkent shahridan bir nechta xonadonlar sotib olib, xonadonning ayrimlariga 3-4 nafar fohishalarni joylashtirib, qolgan xonadonlarni o‘zi bilan muqaddam fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarga ijaraga berganligi ma’lum bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi

Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, “Hulkar” turmush o‘rtog‘i “Ashraf” va yana ikki nafar shaxslar bilan ushbu fohishaxonalar faoliyatini muntazam ravishda kuzatib, har bir xonadonning ijarasi uchun 400-600 AQSh dollarigacha oylik ijara pullarini olgan, bundan tashqari “tungi kapalaklar”ni yo‘qlagani kelgan har bir mijozdan olgan pullarni o‘zaro teng taqsimlashga kelishib, ularning monitoringini xonadonlarga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralar yordamida mijozlar soni hamda ularning xizmat ko‘rsatish vaqtini kuzatib boradigan navbatchilar yollangan. 

Bundan tashqari fohishalar guruh-guruhga bo‘linib, ularga maxsus nazoratchi biriktirgan (starshiy). Fohishaxonalardan tushgan pullarni yig‘ib kelish uchun Mirazim V., ismli shaxs mas’ul bo‘lib, kunlik tushgan pullarni uyushgan guruh rahbariga olib kelganligi hamda maxsus hisobot daftari yuritilganligi aniqlangan. Qizlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilib ularni anketalarini joylashtirish bo‘yicha ish shtati ham mavjud bo‘lgan.

Tezkor tadbir natijasida bir nechta uylarda o‘tkazilgan tintuv jarayonida uyali telefon apparatlari, planshet, kuzatuv kameralari, elektron yig‘ish qurilmalari, “Regopen” dori vositalari, qayd etish daftari, shaxsiy intim vositasi, shuningdek 1.120 AQSh dollari va 5.130.000 so‘m qiymatidagi pullar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Hulkar”, “Ashraf”, “Mirazim” va “Elbek” ismli shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlanib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 4-qismi “b, v” bandlari (takroran, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) va 135-moddasi 3-qismi “g” bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan odam savdosi) bilan ayb e’lon qilinib, har biriga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, Shahvoniy, uyushgan guruh, qo‘lga olindi, xizmat ko‘rsatuvchi, yirik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz