18:31 O‘zbekistonda ikki nafar oliygoh rektori ishdan olindi | |
Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 31-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatdagi 4 ta oliy ta’lim muassasasidan ikkitasida rahbarlar o‘zgargandi. Xususan, 2013-yildan buyon Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori bo‘lgan Ulug‘bek Muxamedxanov lavozimdan olingan. Uning o‘rnini Nusratullo Barakayev egallagan. Sotsiologiya fanlari doktori Ulug‘bek Azizov 2020-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga rektor etib tayinlangandi. Ulug‘bek Azizov 2016-yildan hozirga qadar aynan shu universitet huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori-prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|