Главная » 2022 » Октябрь » 29 » Joriy yilda 18 nafar rossiyaliklarga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan
10:55

Joriy yilda 18 nafar rossiyaliklarga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan


18 nafar rossiyalik O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Muhamedov ma’lum qilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonuni 21-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Prezident tomonidan chet davlatlarning fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qonunda belgilangan talablar (chet davlat fuqaroligidan voz kechishi, respublika hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs maqomida 5 yil muqim yashashi, qonuniy tirikchilik manbaiga ega bo‘lishi, davlat tilini lozim darajada bilishi) qo‘llanilmagan holda O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berishi mumkinligi belgilangan.

Joriy yil boshidan buyon hozirga qadar 18 nafar Rossiya Federasiyasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi qarori bilan xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Shundan 8 ta mamlakat fuqarolari vizasiz, Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari 60 kungacha, 76 ta mamlakat fuqarolari 30 kungacha vizasiz kelishlari mumkin.

Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, jumladan, Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 10 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda) joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi farmoni bilan 56 ta mamlakat fuqarolariga elektron kirish vizasini olish imkoniyati yaratilgan.

Chet el fuqarolarini istisno holatlarda qabul qilish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilanmagan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Joriy, fuqaroligi, rossiyaliklarga, O‘zbekiston, berilgan, yilda, nafar, 18 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz