Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » Ikki taniqli eron aktrisasi hibsga olindi
11:51

Ikki taniqli eron aktrisasi hibsga olindi


Eronning ikki taniqli aktrisasi Xengame G‘oziani va Katayun Riahiy hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarini ochiq qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olindi.

Xengame G‘ozianiy va Katayun Riahiy til biriktirishda va Eron hukumatiga qarshi harakat qilishda ayblanmoqda.
Hibsga olinishidan oldin Xengame G‘ozianiy: “Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bilingki, men har doimgidek Eron xalqi bilan birga bo‘laman”, deb izoh qoldirgan.

Avvalroq ikkala ayol ham omma oldiga ro‘molsiz chiqishgan edi - bu namoyishchilar bilan birdamlik ishorasi.

Namoyishlar sentabr oyida politsiya hibsxonasida bir ayolning o‘limi ortidan boshlangan.

Aktrisalar Eronning bir qator nufuzli jamoat arboblaridan biri bo‘lib, mamlakat diniy idorasiga qarshi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan.

Yakshanba kuni ertalab Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi sardori Ehson Hajsafiy “mamlakatimizdagi shart-sharoit to‘g‘ri emas, xalqimiz xursand emasligini qabul qilishimiz kerak”, - dedi.

Namoyishlar fonida Eron boks federatsiyasi rahbari Husayn Suri ham o‘z mamlakatida namoyishlar zo‘ravonlik bilan bostirilgani sababli Ispaniyadagi turnirdan vataniga qaytmasligini ma’lum qildi.

Huquq faollarining aytishicha, xavfsizlik kuchlari tomonidan bostirilishi natijasida 400 ga yaqin namoyishchi o‘ldirilgan, yana 16 800 kishi hibsga olingan.

Eron rahbarlarining aytishicha, namoyishlar mamlakat tashqi dushmanlari tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar hisoblanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aktrisasi, Taniqli, hibsga, Eron, ikki, olindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz