21:43 Noma’lum shaxslar Jahon chempionatida hijobini yechgan eronlik shaxmatchini surishtirdi | |
Qayd etilishicha, Sarasadat Xadem Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha tezkor va blits yo‘nalishlardagi Jahon chempionatida o‘ynab, Eron ayollar jamoasining kiyinish qoidalarini buzgan holda ro‘moldan voz kechgan. “Muayyan xavflar mavjud edi. Turnir direktori sifatida hamkasblarni yig‘ib, vaziyatni ko‘rib chiqishimga to‘g‘ri keldi. Noma’lum shaxslardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi. Ular Sarasadatning yashash joyi, yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlarni bilishga urindi”, deydi federatsiya birinchi vitse-prezidenti Darmen Sadvakasov. Sadvakasov vaziyat keskinlashishi mumkinligi sababli shaxmatchi xavfsizligini ta’minlash iltimosi bilan Olmaota hokimligiga murojaat qilinganini aytdi. Shaxmatchining o‘zi hijobni yechishga nima sabab bo‘lganini izohlamagan, ta’kidlanishicha, u Erondagi norozilik namoyishlariga qarshilik sifatida ro‘molini yechgan bo‘lishi mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|