Главная » 2023 » Август » 5 » Urgutdagi toʼyda 42 kishi zaharlandi
12:12

Urgutdagi toʼyda 42 kishi zaharlandi


Urgutdagi toʼyda 42 kishi zaharlandi
Ular toʼyda bir kun avval tayyorlangan va saqlash qoidalariga rioya etilmagan holda uy sharoitida sovitkichsiz saqlangan mayonezli salat isteʼmol qilishgan Urgutda oʼtkazilgan toʼyda 42 kishi zaharlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasining Samarqand viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Maʼlum boʼlishicha, 2023 yil 4 avgust kuni soat 2:00 dan 10:45 gacha 8 nafar fuqaro koʼngil aynish, qayt qilish, qorin sohasida ogʼriq, ich ketish va tana haroratining koʼtarilishi kabi shikoyatlar bilan tuman yuqumli kasalliklar boʼlimiga murojaat qilgan.
Ulardan 7 nafari “Oʼtkir ovqat toksikoinfektsiyasi” tashxisi bilan tuman yuqumli kasalliklar boʼlimiga, bir nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Barcha bemorlar oʼz kasalliklarini 2023 yil 3 avgust kuni Urgut tumani Jarqishloq mahallasida joylashgan “Toshpoʼlat ota” toʼyxonasida isteʼmol qilingan mayonezli salatlar bilan bogʼlashgan.
Holat yuzasidan Sanepidqoʼmita Urgut tuman boʼlimi mutaxassislari tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda toʼydan bir kun avval yani 2 avgust kuni tayyorlangan salatlar dasturxonga tortilgani aniqlangan. Salatlar dasturxonga qoʼyilgunga qadar saqlash qoidalariga rioya etilmagan uy sharoitida sovitkichsiz saqlangan.
Tibbiyot xodimlari tomonidan toʼy tadbirida ishtirok etganlarni aniqlash maqsadida uyma-uy yurib surishtirish oʼtkazilib, kasallik belgilari aniqlangan 41 nafar fuqaro tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorlarning ahvoli oʼrta ogʼirlikda deb baholanmoqda, ogʼir bemorlar yoʼq.
Qayd etilishicha, Urgutdagi holat Sanepidqoʼmita tomonidan toʼliq nazoratga olingan.
Аvvalroq, 2022 yil 19 iyul kuni Urgut tumani Jozmon mahallasida joylashgan Burhon ota toʼyxonasida oʼtkazilgan toʼyda ham tumanning Gʼishtmachit mahallasida yashovchi odamlar ommaviy zaharlangandi. Oʼshanda jami 50 dan oshiq odam antisanitariya holatda tayyorlangan hamda saqlangan mayonezli salatdan zaharlangan va ularga tibbiy yordam koʼrsatilgandi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aharlandi, kishi, Urgutdagi, 42, toʼyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz