15:16 Toshkentdagi kafeda ayol erkakni o‘ldirib qo‘ydi | |
Voqea joriy yilning 4 sentabr kuni soat 00:30 larda Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida sodir bo‘lgan. Mazkur oilaviy oshxonada ishlovchi 26 yashar K.G. (ayol) hamkasbi 28 yashar M.S. (erkak) bilan o‘zaro janjallashib qolgan. O‘sha vaqtda M.S. mast holatda bo‘lgan. Kelishmovchilik ortidan ayol oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida M.S.da “Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlanganligi va ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.G. protsessual tartibda ushlangan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|