Главная » 2022 » Май » 11 » Samarqandda fuqaro pichoqlab o‘ldirildi
17:07

Samarqandda fuqaro pichoqlab o‘ldirildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Elmurod Qurbonov” fermerlar uyushmasi Qo‘ymaduz qishlog‘ida mudhish qotillik ro‘y berganligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 may kuni Kattaqo‘rg‘on tumani, “Nayman” mahallasi, Qo‘ymaduz qishlog‘ida qotillik jinoyati sodir etilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 8 may kunidagi ma’lumotnomasida, marhum F.Q.ning tanasida, ya’ni o‘ng yelka bo‘g‘imi,  o‘ng tirsak bo‘g‘imi, o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasida, hamda ko‘krak qafasi chap tomonida shilinmalari, ko‘krak qafasi orqa yuzasida sanchilib kesilgan yaralari, ko‘krak qafasi orqa yuzasi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tib, ikkala o‘pkani jarohatlovchi sanchilib kesilgan yaralari bo‘lib, marhumning o‘limi ichki va tashqi qon ketishdan kelib chiqqani ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, dastlabki tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘ldirildi, fuqaro, pichoqlab, Samarqand | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz