23:01 15 avgustdan kafe va restoranlar qanday shartlarda ishlashi belgilandi | |
Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi qarori qabul qilindi. Qaror bilan quyidagilarga ruxsat berildi: 2020 yil 15 avgustdan boshlab: avtotransport vositalarining kun davomida to‘liq harakatlanishi; mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovi. Bunda, doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yo‘l vagonlarini (har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish, shu jumladan, ularga havoni zararsizlantirish anjomlarini o‘rnatish choralarini ko‘rish lozim; ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati. Bunda, ushbu ob’ektlar uchun: banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik; stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash; bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish; xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi; har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash talab etiladi. Shuningdek, mazkur ob’ektlar to‘laqonli faoliyat yuritishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ularning bino va xonalariga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatib borish tavsiya etiladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|