16:43 1 avgustdan davlat bog‘chalari faoliyatiga ruxsat beriladi | |
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari 1 avgustga qadar yopiq bo‘ladi. Avvalroq bog‘chalar 1 iyuldan ochilishi kutilgandi. «Yashil» va «sariq» hududlarda xususiy bog‘chalar faoliyatiga 15 iyundan ruxsat berilgan.1 avgustdan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi qarorida ma'lum qilingan.
Bunda:
Komissiya qarorida 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgani eslatilib, bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilinganini qo‘shimcha qilgan.
Manba: "kun.uz"
| |
|