12:05 1 avgustdan so‘ng "import mashina" narxi qancha bo‘ladi? | |
Norma ekspertlari yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o‘zgarishini ma'lum qilishdi. Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar. 2020 yil 1 avgustga qadar: - Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i); Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 6859$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi. 2020 yil 1 avgustdan keyin: - Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i); Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 5310$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$. Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi. Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.
Manba: "sof.uz"
| |
|