20:22 UzAuto Motors avtomobillarining narxi pasayadi | |
Qayd etilishicha, kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini ma’lum qilgan. Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qo‘llaniladi. “Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz bo‘yicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida ma’lumot olish uchun o‘z dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|