10:45 Yevropada gaz narxi bir kun ichida 400 dollarga oshdi | |
Bir kun avval savdolar 1 852 dollar darajasida yopilgan va oy boshidan buyon kotirovkalar o‘rtacha 1 720 dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa 24 soat ichida spot gaz narxi 400 dollarga oshdi. 25-iyul kuni “Gazprom” kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan vaqt tugaganligi sababli Siyemens gaz turbinali dvigatelining faoliyati to‘xtatganini e’lon qildi. Natijada, 27-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 07:00 dan boshlab Portovaya CS’ning kunlik ishlab chiqarish hajmi 33 million kubometrgacha bo‘ladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich kuniga 67 million kub metr va u 40 foizga qisqaradi. Rystad Energy tadqiqot kompaniyasi tahlilchilarining qayd etishicha, “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berishning bunday darajasi bilan Yevropa Ittifoqi uchun 1-noyabrgacha yer osti omborlaridagi gaz zaxiralarining maqsadli darajasi 80 foizga yetishi juda qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, tahlilchilar AQSHning Yevropaga LNG (suyultirilgan gaz) yetkazib berishi qiyin kechishi haqida ogohlantirmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|