12:22 Toshkentda bir hafta ichida gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talab qondiriladi | |
Majlisda 16-yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi. Prezident tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratilgan. Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olingan. Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|