Главная » 2022 » Ноябрь » 9 » Toshkent budjeti yarim yil ichida qancha daromad ko‘rdi?
19:44

Toshkent budjeti yarim yil ichida qancha daromad ko‘rdi?


2022 yilning ilk 6 oyida Toshkent shahri va uning tumanlarining mahalliy budjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichidan 16 foiz ortig‘i bilan bajarilib, 3,2 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu maʼlumot Toshkent hokimligining mahalliy budjet daromad qismining 2022 yil olti oyidagi ijrosi yakunlarini hisobotida ko‘rsatilgan.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahri bo‘yicha Davlat budjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichiga 2022 yil birinchi yarim yilligida 10 trln so‘m tushum taʼminlanib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 113 foizga bajarilgan.

Toshkent shahri bo‘yicha 2022 yilning 1-yarim yilligida mahalliy budjet daromadlar prognoz ko‘rsatkichi 2,8 trln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda tushum 3,2 trln so‘mga yoki 115 foizga bajarilgan, natijada mahalliy budjetga 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad tushirilgan.

Shuningdek, mahalliy budjetning ortig‘i bilan bajarilgan daromad qismi sifatida yer uchastkalari uchun huquqlarni sotishdan tushgan 35,6 mlrd so‘mni o‘tkazish hisobiga shahar budjetida 154,1 mlrd so‘m shakllantirildi.

Budjet daromadlarining asosiy qismi, yaʼni 569,3 mlrd so‘m miqdori yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisobiga tashkil etildi. Bu prognozga nisbatan 31,2 foizga yoki 135,4 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Soliq yig‘imlarining bo‘yicha eng katta o‘sish jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga to‘g‘ri keldi — 272,4 mlrd so‘m. Bu oldingiga nisbatan 49,3% yoki 89,98 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Olti oy davomida 179,7 mlrd so‘m (+24,3%) jarimalar, 268,6 mlrd so‘m (+10%) davlat bojlari undirildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i (46,9 mlrd so‘m) hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar (166,1 mlrd so‘m) bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa kutilganidan pastroq bo‘ldi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘rdi, Yarim, Ichida, yil, toshkent, budjeti, daromad, qancha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz