16:18 Toshkentdagi somsa va osh markazidan 128 kg eshak go‘shti topilgani rostmi? | |
Aytilishicha, mazkur holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan aynan xabarda ta’kidlangan reyd tadbiri o‘tkazilmagan va xodimlar tomonidan somsaxonalardan birida eshak go‘shti saqlanayotgani aniqlandi, degan xabarlar hech qanday asosga ega emas. Shuningdek, qo‘mita aniqlik kiritishicha, go‘sht mahsulotlarining sifatini o‘rganish va sotuvga chiqarishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining emas, balki Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi vakolatiga kiradi. Go‘sht mahsulotlarining sifatiga Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasini javobgar deya aytayotgan Qo‘mita qaysi ma’lumotlarga tayanib, yuqoridagi xabarni asossiz deganiga aniqlik kiritmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga olib ketilayotgan iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shti Sirdaryodagi Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan edi. Shuningdek, Buxoro viloyatidan 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘shtlarni Toshkentga olib kelayotgan shaxs qo‘lga olingandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|