16:43 Pedagog xodimlarning tarif stavkalari va lavozim maoshlari oshdi | |
O‘zbekistonda joriy yilning 1 mayidan boshlab pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari oshirilgani aks etgan hujjat nusxasi internetga sizdirildi. QALAMPIR.UZ ushbu hujjatning haqiqiyligini aniqlash maqsadida unda ko‘rsatilgan bir necha vazirliklar bilan bog‘landi. Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati ushbu hujjatda ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tasdiqladi. Maktab va makatabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati ushbu hujjatdagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmon ijrosi ekanligini ta’kidladi. Biroq unda ko‘rsatilgan maosh miqdorlari to‘g‘riligi bo‘yicha aniq ma’lumot bermadi. E’lon qilingan qaror matnida aks etishicha, joriy yilning 1 mayidan maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat va sport muassasalari pedagog va rahbar xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan. Quyidagi ro‘yxatda oshirilgan bazaviy tarif stavkalari hamda lavozim maoshlari miqdorlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|