16:29 Dollarning rasmiy kursi oshdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 1 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,03 so‘mga oshdi va 11 336,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi 79,26 so‘mga balandladi, 12 023,00 so‘m etib belgilandi. Rossiya rublining kursi esa 1,22 so‘mga ko‘tarildi, 151,52 so‘mni tashkil etdi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|