O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 7 avgust sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan navbatdagi qiymatini e’lon qildi. Rasmiy AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 28 so‘m 08 tiyinga ko‘p bo‘lib, 4126 so‘m 45 tiyinni tashkil qiladi. 1 yevro qiymati esa 86,24 so‘mga oshib, 4879 so‘m 06 tiyin deb belgilandi. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy Bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Zohirshoh Jo‘raev