20:03 Dollar oshdi, yevro kursi esa tushdi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 14 avgustdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7.15 so‘mga qimmatladi va 7790.20 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa yana pastladi va o‘tgan haftaga nisbatan 114.03 so‘mga arzonlab, 8888.62 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli 7.89 so‘mga tushdi va 115.07 so‘m etib belgilandi. Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|