12:49 Dollar, yevro va rubl kursi ko‘tarilishda davom etyapti | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 9 iyundan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 1 AQSH dollari 10 153 so‘m 19 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 4 so‘m 88 tiyinga qimmatlashdi. 1 yevro kursi 11 456 so‘m 86 tiyinga baholanib, 194 so‘m 27 tiyinga qimmatlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 90 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 147 so‘m 95 tiyin etib belgilangan. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|