11:22 Dollar, yevro va rubl kursi birdan ko‘tarildi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 26 maydan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 1 AQSH dollari 10 139 so‘m 3 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 9 so‘m 74 tiyinga qimmatlashdi. 1 yevro kursi 11 051 so‘m 84 tiyinga baholanib, 96 so‘m 72 tiyinga qimmatlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 81 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 141 so‘m 35 tiyin etib belgilangan. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|