Unga ko‘ra, joriy yilning 25 aprelidan 1 AQSh dollari 3706 so‘m 22 tiyin etib belgilandi. Bu avvalgi kursga nisbatan 27 so‘m 33 tiyinga ko‘p.
1 yevro qiymati esa 65.83 so‘mga oshib, 3967 so‘m 46 tiyin, 1 Rossiya rubli esa 65 so‘m 91 tiyin etib belgilandi, bu 18 apreldagi kursga nisbatan 56 tiyinga oshgan.
Eslatib o‘tish kerak, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.