14:17 1 mln dollar sarmoya evaziga O‘zbekiston fuqaroligini olish mumkin bo‘ladi | |
Bu bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, normativ-huquqiy hujjatlar portalida (“My.gov.uz”) muhokamaga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 13-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-610-sonli Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalariga kamida 1 mln AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxs yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobi soddalashtirilgan tartibida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. Loyiha muhokamasi 23-noyabrga qadar davom etadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|