Главная » 2022 » Август » 11 » OTB O‘zbekistonga yana 161 mln dollar qarz beradi
10:07

OTB O‘zbekistonga yana 161 mln dollar qarz beradi


Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda suv taʼminoti loyihalari uchun 161 million dollar ajratadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 2 avgust kuni qabul qilingan “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.

Hujjat Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik subʼektlarining ichimlik va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi va OTB  o‘rtasida “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 161 mln dollar miqdoridagi qarz bitimi imzolangan.

Loyihaning umumiy qiymati 185,8 mln dollar, shu jumladan:

•    OTB qarzi –161 mln dollar;
•    loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash va bojxona imtiyozlari shaklida ulushi – 24,8 mln dollar;
•    loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2022 – 2027 yillar) tashkil etadi.

“O‘zsuvtaʼminot” AJ loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydigan masʼul ijro etuvchi organ etib belgilandi.

Toshkent viloyati hokimligi “O‘zsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishi va OTB qarzi qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

•    “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
•    Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini to‘lashning prognoz jadvali;
•    Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash bo‘yicha ulushlar taqsimotining prognozi;
•    “Toshkent suv taʼminoti” MChJni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: beradi, 161, qarz, Dollar, yana, mln, OTB, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz