10:41 2021-yilning asosiy ranglari e’lon qilindi | |
AQShdagi Pantone ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021-yilning asosiy ranglarini belgilashdi: bular to‘q kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (13-0647 Illuminating). «Toshdek mustahkam va chidamli hamda iliq va optimistik ranglar jamlanmasi (Ultimate Gray/Illuminating) kuch va pozitivni ifodalaydi», — deyiladi institut izohida. Pantone direktori Leatris Eysmanning ta’kidlashicha, ushbu ranglar birgalikda insonga sabr-toqat va umid bag‘ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, institut 2020-yil uchun xotirjamlik va ishonchni ifodalovchi klassik ko‘k rangni tanlagandi. Ma’lumot uchun: Pantone instituti ranglar yaratish va ranglar tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Ularning ishlaridan butun dunyodagi dizayner va reklamachilar foydalanishadi. 2000-yildan beri instiut har yilning o‘z rangini belgilab keladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|