Главная » 2020 » Ноябрь » 1 » Angliyada dekabr boshigacha lokdaun e’lon qilindi
14:28

Angliyada dekabr boshigacha lokdaun e’lon qilindi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Angliyada 5-noyabrdan 2-dekabrgacha koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida umummilliy yakkalanish rejimi amal qilishini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Jonsonning aytishicha, Angliya aholisi uyda qolishi kerak va faqat jiddiy sabablar bilan, masalan, ishga yoki o‘qishga borish uchun (maktab, kollej va OTMlar ishlaydi) uydan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, toza havoda sport bilan shug‘ullanish, tabiat qo‘ynida dam olish, shifokor ko‘rigiga borish, eng zarur oziq-ovqat va buyumlarni sotib olish uchun ham ko‘chaga chiqish mumkin.

Lokdaun davrida eng zarur mahsulotlar bilan savdo qiluvchi do‘konlargina ishlaydi, qolgan do‘konlar esa internet orqali buyurtma qilingan mahsulotlarni tarqatishi mumkin. Pablar, barlar, restoranlar yopiladi, ammo ular uyga olib ketish yoki yetkazib berish rejimida ishlay oladi.

Yangi cheklovlar haqida e’lon qilar ekan, Jonson hukumat chora ko‘rmasa, har kuni koronavirusdan bir necha ming kishi vafot etishini aytdi, bu esa apreldagi maksimal ko‘rsatkichlardan ham ko‘pdir (o‘shanda kuniga bir mingdan sal ko‘proq odam vafot etgan). “Chora ko‘rish vaqti keldi, chunki boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi Jonson.

31-oktabr kuni Buyuk Britaniya pandemiya boshidan buyon koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari 1 milliondan oshgan dunyodagi to‘qqizinchi, Yevropadagi uchinchi mamlakatga aylandi. Bir kecha-kunduzda Buyuk Britaniyada 21 915 nafar kasallanganlar aniqlandi, ularning aksariyati Angliya hissasiga to‘g‘ri keldi.

Oktabr oyida koronavirusning ikkinchi to‘lqini Yevropa Ittifoqida ancha xavotirli tus oldi. Shu sababdan ittifoqning aksariyat davlatlari qaytadan karantin joriy qildi. Jumladan, Germaniya, Fransiya qaytadan karantin joriy qilishga qaror qilgan bo‘lsa, Norvegiya, Chexiya, Sloveniya, Daniya va Ispaniyada bir qator cheklovlar joriy etildi. Fransuzlarga ko‘chaga zaruratsiz chiqmaslik talabi qo'yildi. Portugaliyada ham koronavirus bilan kasallanish holati ortgani sabab aholining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Dekabr, e’lon qilindi, Angliyada, lokdaun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz