Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 21 aprel kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +20... +22, kechasi esa +13... +15 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat +20... +25, kechasi esa +10... +15 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +20... +25, kechasi esa +10... +15 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +20... +25, kechasi +8... +13 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +20... +25, kechasi +10... +15 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +20... +25, kechasi +12... +17 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.