Главная » 2021 » Октябрь » 31 » Noyabrning ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?
16:15

Noyabrning ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?


Gidrometeorologiya xizmati 1–4 noyabr kunlari kutalayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 1 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 1 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 1 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 1 va 4 noyabrda 2-7° iliq, 2-3 noyabrda 5-10° iliq bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: noyabr, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz