Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » BMT: Yer aholisi 15-noyabr kuni 8 milliardga yetadi
18:52

BMT: Yer aholisi 15-noyabr kuni 8 milliardga yetadi


BMT Yer aholisi noyabr oyi oʻrtalarida 8 milliard kishiga yetishini maʼlum qildi. Ekspertlar sayyoraning 8 milliardinchi fuqarosi 15-noyabr kuni dunyoga kelishini hisoblab chiqishgan.

Yer aholisi 1950-yildan beri 3 barobarga oshgan. BMT prognozlariga koʻra, 2030-yilga kelib Yer aholisi 8,5 milliard, 2050-yilga kelib, 9,7 milliard, 2080-yilga kelib esa 10,4 milliardga yetadi.

Taʼkidlash kerakki, 1960-yildan keyin aholi sonining oshish surʼatlari keskin pasaygan. 2020-yilda oʻsish surʼati 1 foizdan kam boʻlgan. Ushbu koʻrsatkich asr oʻrtalariga borib, 0,5 foizga tushishi kutilmoqda. Buning asosiy sababi tugʻilish koʻrsatkichining pasayishi hisoblanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: BMT, yetadi, milliardga, noyabr, kuni, 15, aholisi, yer | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz