Главная » 2017 » Июль » 21 » 22 iyul kuni qanday ob-havo bo‘ladi?
21:39

22 iyul kuni qanday ob-havo bo‘ladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo harorati kechagi kundan deyarli farq qilmaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzi +37... +42 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkentda havo yana bulutli bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +36... +38, kechasi esa +21... +23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +34... +39, kechasi esa +20... +25 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +35... +40, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +36... +41, kechasi +20... +25 issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +37... +42, kechasi +22... +27 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +37... +42, kechasi esa +22... +27 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esib turadi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qlampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz