18:01 24 may kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti? | |
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 may kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Manba: "kun.uz"
| |
|