11:18 2 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ona 5 yilga qamaldi | |
Toshkent shahrining Bektemir tuman sudida farzandini sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi. Bu haqda poytaxt shahar sudlari axborot xizmati xabar berdi Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 17-iyun kuni sodir bo‘lgan va huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘zining 2 kunlik chaqalog‘ini 35 ming AQSH dollariga sotayotgan ayolni qo‘lga olgan. “15 yillik dugonamga farzandi yo‘qligi sababli bolamni bermoqchi bo‘lgan edim. Oilaviy sharoitim yaxshi bo‘lmagani uchun u menga uy olib berishni va’da qilgan edi. Biroq farzandim tug‘ilganidan keyin fikrimdan qaytdim, shunda u tegishli idoralarga ariza beribdi. Otaam yoshligimda vafot etgan, onam esa turmushga chiqib ketgan”, – deydi sudlanuvchi. Qayd etilishicha, 1994-yilda tug‘ilgan ayolning 6 yoshli farzandi ham bo‘lgan. U Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan JKning 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|